
Nexon, jahon miqyosida virtual dunyolar va ommaviy multiplayer onlayn o’yinlar yetakchi provayderi, Roboricsware orqari O’zbekistonga 13500$ Lego qismlarini xayriya qildi. Ushbu xayriya o’quvchilarga amaliy o’quv vositalari bilan ta’minlash orqali STEM ta’limini rivojlantirishga qaratilgan. LEGO qismlari maktablarda robototexnika va muhandislik to’garaklarini qo’llab-quvvatlash, yosh o’quvchilar orasida ijodkorlik va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun ishlatiladi.
