RoboticsWare

O'zbekiston Xorijiy Ekspertlar (UFE) guruhi

O'zbekiston xorijiy ekspertlar (UFE) guruhi-O'zbekistondagi har bir soha bo'yicha xorijiy ekspertlar uyushmasi hisoblanadi. O'zbekistonda yashayotgan xorijiy ekspertlar o'z sohalarida O'zbekiston kelajagi uchun mas'ul bo'lgan iste'dodlarni rivojlantirish uchun o'z harakatlarini amalga oshirmoqda. Xususan, UFE doirasidagi AKT sohasi mutaxassislari AKT sohasida iste'dodli shaxsni tarbiyalashdan manfaatdor va birinchi navbatda ular inson resurslarini rivojlantirish uchun ta'lim ekotizimiga asos solishni istashadi. Chunki daraxtlar, faqat tuproq yetarlicha unumdor bo'lsagina, tabiatga ko'plab mevalar taqdim etadi. Shu bois, mutaxassislar 2020 yilda O'zbekiston xalq ta'limi tizimida dasturlashni rasmiy o'qitilish boshlanishidan oldin O'zbekistonda dasturlash ta'limini joriy etish yo'lida astoydil harakat qilmoqda. Mutaxassislarning aniqlashicha, o'zbek bolalarida dasturlashning eng ommabop vositasi bo'lgan Scratchni o'rganishda qiyinchiliklar mavjud. Shunday qilib, mutaxassislar 2017 yilda O'zbekistonda birinchi marta Scratchning oflayn versiyasiga o'zbekcha tarjimasini taqdim etishdi.

Hozirgi kunda O'zbekiston hukumatining xalq ta'limida kodlash bo'yicha ta'lim siyosati ikki yo'lga bo'lingan: dasturiy ta'minotga yo'naltirilgan kodlash bo'yicha ta'lim va qurilmaga yo'naltirilgan kodlash bo'yicha ta'lim (O'zbekistonda bu robototexnika deb ataladi). Scratchni faqat dasturiy ta'minotga yo'naltirilgan samarali ta'lim berish vositasi deb aytish mumkin. Shunday qilib, UFE mutaxassislari bir vaqtning o'zida O'zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan ushbu ikki yo'nalishga eng yaxshi va samarali erisha oladigan vositani izlay boshladilar va bu Koreya xalq ta'limi tizimini kodlashtirish ta'limida qo'llanilgan Entry platformasidir. Entry dasturiy ta'minotga yo'naltirilgan kodlash ta'limi, qurilmaga yo'naltirilgan kodlash ta'limi va hattoki bitta platformada ma'lumotlarni tahlil qilish va sun'iy intellektni o'rgatadigan kuchli va samarali platformadir. Hozirgi kunda UFE ushbu platformani o'zbek tiliga o'girdi va har bir davlat maktabi va boshqa ta'lim muassasalari kodlashni o'qitish vositasi sifatida ushbu Entrydan samarali foydalanishiga yordam bermoqda.

UFE

Roboticsware va UFE o'rtasidagi munosabat

Roboticsware va UFE o'rtasidagi munosabatni tushuntirish vaqti keldi. Qurilma yo'naltirilgan kodlash ta'lim uchun, qurilma (robot) juda muhim ahamiyatga ega. UFE butun dunyodagi ushbu ta'limni O'zbekistonda amalga oshirish uchun mos bo'lgan turli xil dasturlarni ko'rib chiqdi. Germaniyaning LEGO korxonasining Mind Storms mahsuloti ajoyib tanlov edi, ammo juda yuqori narxi tufayli xalq ta'limiga joriy qilish qiyin edi. Natijada NEOPIA mahsulotlari (NEO SoCo, NEO Circuit) tanlandi, bu narx jihatidan eng mos mahsulotdir. Shuningdek, NEOPIA mahsulotlari hozirda Koreyada xalq ta'limi uchun qurilma kodlash ta'limida eng ko'p ishlatiladigan mahsulot bo'lib, ularning samaradorligi va mukammalligi Koreyaning davlat va xususiy ta'lim bozorlarida allaqachon tasdiqlangan. Xulosa qilib aytganda, ushbu qurilmani O'zbekistonga olib kelish uchun rasmiy import va bojxona rasmiylashtiruvi uchun mas'ul bo'lgan korxona zarur edi va buning uchun Roboticsware paydo bo'ldi. Biroq, Roboticsware korxonasining asosiy maqsadi faqat bundan iborat emas. Roboticsware ning qarashlari va vazifasi quyidagicha:

  • Maqsad

    Markaziy Osiyo AKT sohasi ekotizimini rivojlantirishda eng muhim rol qiladigan tashkilot bo'lish

  • Vazifa

    O'zbekiston hukumatining AKT sohasini rivojlantirish rejasi bilan hamqadam bo'lish, buning uchun AKT kadrlar resurslarini o'qitish uchun zarur bo'lgan eng yaxshi va samarali ta'lim vositalari va xizmatlarini taqdim etish

"Roboticsware tijorat shakliga ega korxona, ammo aytish mumkinki, Roboticsware foydadan ko'ra ko'proq O'zbekiston kelajagiga mas'ul bo'ladigan AKT kadrlarni yetishtirib chiqarishni asosiy vazifasi deb bildiradigan ijtimoiy maqsadiga erishishni birinchi o'ringa qo'ygan ijtimoiy korxonadir."
Roboticsware ning barcha xodimlari siz bilan hamkorlikda korxonaning qarashlari va maqsadiga muvaffaqiyatli erishish uchun qo'llaridan kelganicha harakat qilishga va'da beradi.