Tanlov shartlari boʻyicha video joylang va qimmatbaho sovg’alar sohibi boʻling!

O‘quvchi-yoshlarning to‘garaklarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, iqtidorli yoshlarni aniqlab moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Uzbekistan Foreign Experts group tashkiloti bilan hamkorlikda “Entry ijodkorlik” respublika onlayn tanlovi tashkil etilmoqda!

Bunda, ishtirok etish istagida boʻlgan oʻquvchi-yoshlar tanlov nizomi boʻyicha YouTubega video joylashlari lozim!

Tanlov nizomi bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishing!

Entryni hali oʻrganmagan oʻquvchi-yoshlarimiz uchun ushbu havolada darsliklar toʻplami ham mavjud.

Tanlov g‘oliblari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda Uzbekistan Foreign Experts group tashkilotining MAXSUS DIPLOM hamda QIMMATBAHO SOVG’ALARI bilan taqdirlanadilar.

Aziz o‘quvchi-yoshlar!

Tanlovda faol eshtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling!

Barchangizga omad yor bo’lsin!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi Axborot xizmati

Categories: Yangilik