
Qashqadaryo viloyatida ilk bor RoboticsWare kompaniyasi tomonidan grant asosida tashkil etilgan “IT FOR SMART KIDS IN KASHKADARYA” loyihasi doirasida saralangan 120 nafar o‘quvchilar uchun Orientation Week boshlandi.

Bugun loyiha ishtirokchilariga va ularning ota-onalariga loyiha mazmuni va maqsadlari haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida rasmiy taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev va Qarshi shahar MMT bo‘limi boshlig‘i B.Mo‘minov ishtirok etib, zamonaviy axborot texnologiyalarining yosh avlod hayotida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritdi.
O‘quv jarayonlari joriy yilning 20-yanvar kuni boshlanadi. Dastlabki bosqichda o‘quvlar uch oy davomida haftada uch kun tashkil etiladi.
Loyiha doirasida maxsus reportaj: https://t.me/uzmtrk_official/867
