Flarum platformasini tarjima qilish uchun Weblate dan foydalanish ancha qulay. Buning uchun avvalo Weblate da ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi. https://weblate.rob006.net/accounts/register/ havola orqali ro’yxatdan o’tiladi.
Komponentlar – Flarum platformasining qaysidur qismlari hisoblanadi. Havo rang – komponent (yoki extension-kengaytma ham deyiladi) ni tarjima qilinib, tasdiqlangan qismini bildiradi. Yashil rang tarjima qilingan, lekin hali tasdiqlanmagan qismini bildiradi. Qizil rang esa tarjima qilinmagan yoki biror o’zgartirish kiritilishi kerak bo’lgan qismini bildiradi.
Biror komponentni tanlab, keyin o’zbek tilini tanlaymiz. Quyidagi sahifa hosil bo’ladi:
Bu yerdan translate ni bosib tarjimani boshlash kerak. Tarjimani Zen holatida qilsa ham bo’ladi va bu ancha qulay. Buning uchun Zen tugmasini bosish kerak.
Tarjima qilgan komponentlaringizni o’z shaxsiy kompyuteringizda ko’rishingiz, bu bilan xato va kamchiliklarni tuzatishingiz mumkin. Buning uchun kompyuteringizga bir nechta dasturlarni o’rnatishingiz kerak bo’ladi. https://www.mamp.info/en/mamp/windows havolasi orqali MAMP ni o’rnating. O’rnatish jarayonida PHP ning 7.4.x versiyasini Ko'proq o'qish…
Agar siz ona tilingizdan tashqar yana bir nechta tilni bilsangiz, juda ko’plab loyihalarni o’z tilingizga tarjima qilishingiz mumkin. O’zbek tilini misol qilib oladigan bo’lsak, raqamli dunyoda o’zbek tilida ma’lumotlar juda kam. Biz, ilmga chanqoq insonlar Ko'proq o'qish…