Tarjima qilgan komponentlaringizni o’z shaxsiy kompyuteringizda ko’rishingiz, bu bilan xato va kamchiliklarni tuzatishingiz mumkin. Buning uchun kompyuteringizga bir nechta dasturlarni o’rnatishingiz kerak bo’ladi.

  1. https://www.mamp.info/en/mamp/windows havolasi orqali MAMP ni o’rnating.
  2. O’rnatish jarayonida PHP ning 7.4.x versiyasini tanlang.
  3. https://getcomposer.org/download orqali Composerni o’rnating.
  4. O’rnatish jarayonida /mamp/bin/php/php7.4.x/bin dagi php.exe ni tanlang.
  5. /mamp/bin/php/php7.4.x/php.ini faylidagi ;fileinfo degan qatordan ; belgini o’chiring.
  6. Composer orqali Flarumni o’rnating. Buning uchun mamp/htdocs ichida terminalni oching va composer create-project flarum/flarum . Buyrug’ini kiriting.
  7. Composer orqali file yuklash kengaytmasini o’rnating. /mamp/htdocs/flarum da terminalni ochib, composer require fof/upload buyrug’ini kiriting.
  8. MAMP dasturiga kirib MAMP->preferences->Server ga kirib Document Root ga /mamp/htdocs/flarum/public tanlang.
  9. Brauzerdan localhost/MAMP manziliga kirib u yerdan MySQL ma’lumotlarini eslab qoling.
  10. localhost ga kirib kerakli maydonlarni to’ldiring

Agar hammasini to’g’ri bajargan bo’lsangiz ekranda flarum sahifasini ko’rasiz:

Platformaga kirganingizdan so’ng Administration bo’limiga kirib o’zbek tilini yoqasiz.

Endi til menyusidan o’zbek tilini tanlashingiz mumkin!

Kategoriyalar: Flarum