Flarum platformasini tarjima qilish uchun Weblate dan foydalanish ancha qulay. Buning uchun avvalo Weblate da ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi. https://weblate.rob006.net/accounts/register/ havola orqali ro’yxatdan o’tiladi.

https://weblate.rob006.net/projects/flarum/ ga kirsangiz komponentlarni ko’rishingiz mumkin.

Komponentlar – Flarum platformasining qaysidur qismlari hisoblanadi. Havo rang – komponent (yoki extension-kengaytma ham deyiladi) ni tarjima qilinib, tasdiqlangan qismini bildiradi. Yashil rang tarjima qilingan, lekin hali tasdiqlanmagan qismini bildiradi. Qizil rang esa tarjima qilinmagan yoki biror o’zgartirish kiritilishi kerak bo’lgan qismini bildiradi.

Biror komponentni tanlab, keyin o’zbek tilini tanlaymiz. Quyidagi sahifa hosil bo’ladi:

Bu yerdan translate ni bosib tarjimani boshlash kerak.
Tarjimani Zen holatida qilsa ham bo’ladi va bu ancha qulay. Buning uchun Zen tugmasini bosish kerak.
Kategoriyalar: Flarum