Tarjima qilgan komponentlaringizni o’z shaxsiy kompyuteringizda ko’rishingiz, bu bilan xato va kamchiliklarni tuzatishingiz mumkin. Buning uchun kompyuteringizga bir nechta dasturlarni o’rnatishingiz kerak bo’ladi.
- https://www.mamp.info/en/mamp/windows havolasi orqali MAMP ni o’rnating.
- O’rnatish jarayonida PHP ning 7.4.x versiyasini tanlang.
- https://getcomposer.org/download orqali Composerni o’rnating.
- O’rnatish jarayonida /mamp/bin/php/php7.4.x/bin dagi php.exe ni tanlang.
- /mamp/bin/php/php7.4.x/php.ini faylidagi ;fileinfo degan qatordan ; belgini o’chiring.
- Composer orqali Flarumni o’rnating. Buning uchun mamp/htdocs ichida terminalni oching va
composer create-project flarum/flarum .Buyrug’ini kiriting. - Composer orqali file yuklash kengaytmasini o’rnating. /mamp/htdocs/flarum da terminalni ochib,
composer require fof/uploadbuyrug’ini kiriting. - MAMP dasturiga kirib MAMP->preferences->Server ga kirib Document Root ga /mamp/htdocs/flarum/public tanlang.
- Brauzerdan localhost/MAMP manziliga kirib u yerdan MySQL ma’lumotlarini eslab qoling.
- localhost ga kirib kerakli maydonlarni to’ldiring
Agar hammasini to’g’ri bajargan bo’lsangiz ekranda flarum sahifasini ko’rasiz:

Endi til menyusidan o’zbek tilini tanlashingiz mumkin!