Agar siz ona tilingizdan tashqar yana bir nechta tilni bilsangiz, juda ko’plab loyihalarni o’z tilingizga tarjima qilishingiz mumkin. O’zbek tilini misol qilib oladigan bo’lsak, raqamli dunyoda o’zbek tilida ma’lumotlar juda kam. Biz, ilmga chanqoq insonlar chet tilini bilmaganliklari uchun zamonaviy bilimlardan quruq qolishlariga jim qarab turolmaymiz! 😁
Juda ko’plab opensource loyihalardan biri bu flarum platformasidir. Flarum – bu sizning veb-saytingiz uchun oddiy muhokama platformasi. U tez ishlaydi, bepul va ishlatish uchun qulay bo‘lib, foydalanuvchilar hamjamiyatini boshqarish uchun zarur bo‘lgan barcha funksiyalarga ega. Bundan tashqari siz “extension” (kengaytma)lar yordamida platformani o’zingizga qulay qilib sozlashingiz, qo’shimcha funksiyalar qo’shishingiz mumkin! Qo’shimcha ma’lumot uchun havola: https://docs.flarum.org/
Keyingi postda biz qanday qilib Flarum platformasini o’zbek tiliga tarjima qilish haqida gaplashamiz.